U yerda o‘z joniga qasd qilish imkonsiz – sobiq mahbus Epshteynning o‘limi haqida
Olam
−
09 fevral 7901 2 daqiqa
Jinoyat olamida tanilgan shaxs Maykl Francheze amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynning o‘limiga oid yangi tafsilotlarni oshkor qildi. Bu haqda u “NewsNation”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Franchezening so‘zlariga ko‘ra, u Epshteynning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi rasmiy versiyaga ishonmaydi. U Nyu-Yorkdagi axloq tuzatish markazida 7 oy davomida bir kamerada bo‘lgan, keyinchalik aynan shu joyda Epshteyn saqlangan.
“Birinchi navbatda shuni aytishim kerak: u yerda o‘z joniga qasd qilishning iloji yo‘q. Mutlaqo imkonsiz. Qamoqxona tuzilishi shunday ishlab chiqilganki, bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi u.
Ma’lum bo‘lishicha, jurnalistlar Epshteyn vafotidan keyingi dastlabki daqiqalar tasvirlangan qamoqxona hisobotini ham o‘rgangan. Unga ko‘ra, leytenant kameraga kirganida, 3-ofitser Epshteynga sun’iy nafas berayotgan bo‘lgan. So‘ng leytenant ham sun’iy nafas berishni boshlagan. Leytenant dispetcherga qo‘ng‘iroq qilib, tez yordamni chaqirish kerakligini aytgan. Hodisa vaqtida 2-ofitser: “Biz soat 3 va 5 da tekshiruv o‘tkazmaganmiz”, deya izoh bergan. 3-ofitser esa juda tushkun holatda: “Biz hammasini barbod qildik”, degan.
AQSH Adliya vazirligi hujjatiga ko‘ra, Epshteyn qamoqxona kamerasida topilganidan so‘ng tibbiyot bo‘limiga olib o‘tilgan. U yerda tez yordam yetib kelguniga qadar hamshira unga sun’iy nafas bergan. Shoshilinch yordam shifokori Epshteynning o‘lim vaqtini 2019 yil 10 avgust kuni soat 7:36 deb qayd etgan.
Bundan tashqari, bosh inspektor qamoqxonaing mazkur qavatda “shaxsi aniqlanmagan to‘q sariq rangli figura”ni ko‘rganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha eng yirik hujjatlar arxivini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu fayllarga 3 million sahifa matn, 180 mingta fotosurat va 2 mingta videoyozuv kiritilgan. Xususan, Epshteyn arxivida Endryuning yerda yotgan ayol ustida tiz cho‘kib turgan suratlari ham topilgan. Ular qachon va qayerda olingani noma’lum.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi