UEFA “Bavariya” futbolchisini 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
Sport
−
22 noyabr 1085 1 daqiqa
Germaniyaning “Bavariya” jamoasi vingeri Luis Dias Chempionlar ligasi doirasidagi PSJga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi tufayli UEFA tomonidan uch o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Chempionlar ligasi doirasida “Park de Prens”da bo‘lib o‘tgan PSJ va “Bavariya” uchrashuvida Dias birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida raqib himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan jiddiy qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan edi.
Manbalarga ko‘ra, Hakimi Dias bilan to‘qnashuvdan so‘ng taxminan olti hafta maydonga tusha olmaydi. Qizil kartochka olayotganidan avval Dias birinchi bo‘limda “Bavariya”ning ikkala goliga ham mualliflik qilgan edi. Endi u jamoasining navbatdagi 3 ta uchrashuvini, “Arsenal”ga qarshi safardagi o‘yin, shuningdek, “Sporting” va “Yunion” bilan bo‘ladigan uy uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘rt o‘yindan so‘ng maksimal ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Dias esa joriy mavsumda jamoasining dastlabki 17 o‘yinda 11 ta gol urib, 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Live
Barchasi