UEFA Isroil bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Isroil futbol assotsiatsiyasini 2026 yil iyun oyidan boshlab mamlakat hududida xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazishga ruxsat berish haqidagi prinsipial qaroridan xabardor qildi. Bu haqda Ynet nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan so‘ng o‘yinlar to‘xtatilganidan buyon uch yil ichidagi ilk muhim siyosiy o‘zgarish bo‘ladi. Joriy yilning yozida Yevropa musobaqalariga yo‘llanma olgan Isroil klublari va jamoalari o‘z uy uchrashuvlarini yana mamlakat ichida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyidan buyon Isroil terma jamoalari hamda klublarining barcha uy uchrashuvlarini xavfsizlik sabab neytral maydonlarda o‘tkazib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil UEFA xalqaro uchrashuvlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing