Ugandada avtohalokat oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 22 oktyabrga o‘tar kechasi Ugandadagi Kampala-Gulu avtomagistralida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Yo‘l patrul xizmati xabar berdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 00:15 atrofida Kitaleba aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvda ikki avtobus, yuk mashinasi va yo‘ltanlamas avtomobil ishtirok etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kampaladan Gulu tomon ketayotgan avtobus haydovchisi yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda, qarama-qarshi yo‘nalishda ham bir avtobus quvib o‘tish manyovrini bajarayotgan bo‘lgan. To‘qnashuvning oldini olishga urinish chog‘ida avtobuslar yuzma-yuz to‘qnashgan, oqibatda orqadan kelayotgan boshqa transport vositalari ham ularga urilgan.

Politsiya hodisa joyiga tezda yetib borgan va jarohatlanganlarni Kiryandongo shifoxonasiga hamda boshqa yaqin tibbiyot muassasalariga olib borgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari o‘sha shifoxonaning morgiga sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish va shaxslarni aniqlash uchun yuborilgan.

Tergov ishlari davom etar ekan, politsiya barcha haydovchilarni yo‘llarda maksimal ehtiyotkorlikka rioya qilishga, ayniqsa xavfli va ehtiyotsiz quvib o‘tishlardan tiyilishga chaqirgan. Shuningdek, politsiya halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrning Sharm-al-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida G‘azodagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan Qatar delegatsiyasining uch nafar a’zosi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Uganda yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing