O‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan olindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga nisbatan qo‘pol jismoniy harakatlar sodir etilgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning may oyida 11-sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya o‘qituvchi A.L. tomonidan sodir etilgan. U bunday qo‘pollikni o‘zi rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan amalga oshirgan. O‘quvchilarning o‘zlashtirishi, darslarda ishtiroki past ekanini ro‘kach qilinib, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan so‘zlar bilan o‘quvchilarni haqorat qilgan va ularning sha’ni, qadr qimmatini toptab, kaltaklagan.

Holatni o‘rganish maqsadida tuzilgan mas’ullardan iborat ishchi guruh o‘qituvchining xatti-harakatlarini noqonuniy va pedagogik tarbiya me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini asoslab bergan. Bundan tashqari, holat shu kunga qadar maktabning ma’naviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan o‘rganilmagani, o‘qituvchini tartibga chaqirmagani ham aniqlangan. 

Ayni paytda maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Maktab direktori o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, vaziyat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan. O‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘qituvchi maktabga futbolka kiyib borgan o‘quvchini urib, yelkasini sindirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'rta Chirchiq jismoniy tarbiya o'qituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing