Ukraina asirdagi 1000 askarni almashishdan bosh tortdi – Rossiya

Olam

image
Zelenskiy Rossiya tomonida o‘zbekistonliklar ham jang qilayotganini aytdi north_east

Zelenskiy Rossiya tomonida o‘zbekistonliklar ham jang qilayotganini aytdi

Rossiya Prezidenti maslahatchisi va Istanbuldagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Ukraina asirga olingan ming askarni almashishdan bosh tortganini aytdi. Bu haqda u kecha, 6 avgust kuni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan bayonotida ma’lum qildi. 

U Ukrainani almashinuv jarayonini sekinlashtirgani uchun tanqid qildi.

“Kiyev 1000 nafar ukrainalik askarni almashishdan bosh tortmoqda. Shu sababdan ikkinchi davrada almashuv jarayoni murakkab kechdi, uchinchi turda ham almashinuv boshlanmadi”, dedi Medinskiy.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi bosqichi 23 iyul kuni Turkiya mezbonligida Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida Rossiya Ukrainaga onlayn rejimda ishlaydigan uchta ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Asirga olingan kamida 1200 askarni o‘zaro almashish va dafn marosimi bo‘yicha bildirishnomalarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, Istanbuldagi muzokaralarning uchinchi raundidan so‘ng Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvni avgust oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qilganini aytdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 24 iyul kuni bu ssenariyni dargumon deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit tinchlik muzokaralari yakunida, “bu muzokaralar natijalari qayd etilishi uchun barcha ishlar amalga oshirilgan”dagina mumkin bo‘ladi.

Biroq 25 iyul kuni Zelenskiyning o‘zi rossiyaliklar “endi suhbatlarda bu haqda gapira boshlagani, bu allaqachon qandaydir uchrashuv formatiga o‘tish ekanini” aytdi. Bunga javoban Peskov yana avgust oyida sammit bo‘lmasligini aytdi, chunki “yuqori darajadagi uchrashuv kelishuvga yakuniy nuqta qo‘yishi mumkin va kerak”.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganidan so‘ng, Prezident Donald  Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni, keyin esa Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Medinskiy asirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing