Ukraina Pasxa bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Pasxa bayrami kunlarida o‘t ochishni to‘xtatishga va energetika sohasida sulh tuzishga tayyor. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Prezident Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

“Biz Pasxa bayrami kunlarida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyormiz. Mening fikrimcha, ochig‘ini aytsam, hayotni qadrlaydigan normal odamlar o‘t ochishni bir necha kunga to‘xtatish haqida emas, balki urushni butunlay tugatish haqida gapirishadi. Ammo, shubhasiz, biz sha’nimiz va suverenitetimizga daxl qilmaydigan har qanday murosaga tayyormiz”, deydi u.

Zelenskiy Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish va umuman urushni tugatishning har qanday formatini qo‘llab-quvvatlashini, “biroq bu davlat qadr-qimmati va mustaqilligini yo‘qotmagan holda bo‘lishi kerakligini” ta’kidlagan.

“Biz har qanday o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishga tayyormiz. To‘liq to‘xtatish... Energetika sohasida to‘xtatish. Oziq-ovqat xavfsizligi va energetika sohasida, ya’ni dengizda ham, havoda ham. To‘liq – na raketalar, na dronlar uchmasin. Infratuzilmaga zarba berilmasin. Biz bularning barchasini taklif qilganmiz va ochiqmiz. Agar “ruslar” tayyor bo‘lsa, marhamat, biz tayyormiz. Istalgan muddatga taklif qilishsin – biz bu masalani hal qilishga tayyormiz”, deydi davlat rahbari.

Rossiya Pasxa sulhidan o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun foydalanib qolmaydimi, degan savolga Zelenskiy “2-3 kun ichida ular hech narsani mustahkamlay olmaydilar”, deya javob bergan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning aprel oyida Rossiya va Ukraina Moskva tashabbusi bilan Pasxa sulhini o‘tkazgan. 2026 yilda Grigoryan taqvimi bo‘yicha Pasxa katoliklar va protestantlar tomonidan 5 aprel kuni nishonlanadi. Pravoslav Pasxasi esa 12 aprel kuni nishonlanadi, chunki sharqiy nasroniylar Yuliy taqvimidan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya va Slovakiya Yevropa Ittifoqi sammitining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdoridagi harbiy yordamni tasdiqlash qarorini qo‘llab-quvvatlamagani, shuningdek, XVJning so‘nggi yordam paketi atrofidagi ziddiyatlar sababli Ukrainada jangovar harakatlarni moliyalashtirish sezilarli darajada kamaygani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina sulh Pasxa bayrami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing