Ukrainada sobiq mansabdor hibsga olindi

Olam

image

Ukrainada Lugansk viloyatining sobiq gubernatori va Zakarpate viloyatidagi Mukachevo tumanining sobiq rahbari Sergey Gayday ikki oyga hibsga olindi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ukraina Oliy antikorrupsiya sudi qaroriga ko‘ra, Gayday 10 million grivna miqdorida garov evaziga ozodlikka chiqishi mumkin. Uning advokatlari garov miqdorini haddan tashqari yuqori, deb hisoblab, ushbu ehtiyot chorasi ustidan shikoyat keltirish niyatida. U dronlar va radioelektron kurash vositalarini sun’iy ravishda oshirilgan narxlarda xarid qilish orqali korrupsiya sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda. 

Sergey Gayday 1975 yilda Lugansk viloyatida tug‘ilgan, Xmelnitskiy shahrida tahsil olgan, Kiyevda ishlagan. U 2019–2023 yillarda Lugansk viloyati davlat ma’muriyatiga rahbarlik qilgan. 2024 yilning mart oyida esa Mukachevo tumaniga rahbar etib tayinlangan edi.

2025 yil 2 avgust kuni u Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi va Maxsus antikorrupsiya prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ertasi kuni, 3 avgustda u Mukachevo tumanidagi lavozimidan ozod etilgan.

Gayday o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, “hech qayerga qochmoqchi emasligini” aytgan va “bu ishlar yakunlangach, frontga jo‘nayman”, deya bayonot bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni chegaradan noqonuniy olib o‘tish va qochqinlikka undashda ayblab, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Lugansk Sergey Gayday Zakarpat'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing