“O‘rgangan ko‘ngil...” Andijonda 63 yoshli retsidivist narkotik bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
13 dekabr 2058 2 daqiqa
Andijon viloyatida bir necha marta sudlangan fuqaro yana jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 1963 yilda tug‘ilgan ushbu shaxs muqaddam to‘rt marotaba Jinoyat kodeksining 273-moddasi, ya’ni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish uchun tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish bo‘yicha sudlangan.
U jinoiy sherigi – 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan birgalikda Hyundai Tucson rusumli avtomashinasida shartli xaridorga bir kilogramm “gashish” va 100 gramm “opiy” giyohvandlik vositalarini 21 ming dollarga sotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Boshqa bir holatda esa Andijon viloyatida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, tekshirilganida mashinada to‘rt nafar shaxs borligi va ularning ikki nafari narkotik sotuvchi, bir nafari iste’molchi va yana biri tashuvchi ekani aniqlangan.
Shu bilan birga, ushbu uyushgan narkoguruh 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelishi, bir yilda o‘rtacha 40–50 kilogramm narkotik moddalarni tarqatgani, asosan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritgani ma’lum bo‘lgan.
Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida o‘rindiq pastki qismida bir kilogramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Telegram messenjeri orqali giyohvandlik moddalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi