Urgutda bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan haydaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Ko‘zmunchoq” xususiy bog‘chasida yosh bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan olindi. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, ta’lim tashkiloti “Madina Ko‘zmunchoq” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, 2019 yil avgust oyidan beri litsenziya asosida faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda muassasada 6 ta guruhda jami 147 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

O‘rganishlar davomida joriy yilning 20 aprel kuni o‘rta guruh tarbiyachisi M.D. tarbiyalanuvchiga qo‘l ko‘targani ma’lum bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23 aprel kuni tarbiyachi M.D. bilan tashkilot rahbarining buyrug‘iga ko‘ra tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni qiynab, do‘pposlagan edi. Keyinroq Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayol gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Urgut tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing