Urush kelasi 2 hafta ichida tugaydi – Rubio
Olam
−
28 mart 3009 2 daqiqa
AQSHning Erondagi harbiy operatsiyalari Prezdident Donald Tramp va Oq uy ma’muriyatining sa’y-harakatlari bilan kelgusi bir-ikki hafta ichida yakunlanishi mumkin. Bu haqda kecha, 27 mart kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyada o‘tkazilgan G7 davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari sammitida so‘z ochdi.
“Biz Erondagi xarbiy operatsiyalarda ko‘zlagan maqsadlarimizga muddatidan avval erishdik. Umid qilamanki, bu urush kelgusi bir-ikki hafta ichida o‘z yakuniga yetadi”, deydi Rubio.
Davlat kotibi “tinchlik kelishuvi”ni birinchi bo‘lib Donald Tramp taklif qilgani, ammo Eron tomonidan jiddiy qarshiliklar bo‘lganini tufayli bu jarayonlar kechikkanini ta’kidlagan.
“AQSH va Isroilning Erondagi xarbiy operatsiyalari davomida Oyatulloh Ali Xomanaiy qatorida bir necha yirik davlat amaldorlari yo‘q qilindi. Ayni paytda, Donald Tramp Eron Prezdidenti Mas’ud Pezishkiyonga tanlov imkoniyatini berib, Eron hududiga qo‘shin yuborishga tayyorlanmoqda”, deydi Rubio G7 davlatlarining Tashqi ishlar vazirlariga qarata.
Biroq u jurnalistlarning “Eron tomoni ham bu urushni kelgusi 2 hafta ichida yakunlashni tasdiqladimi?”, degan savoliga “Biz hali ulardan javob olmadik. Ammo bizdagi xabarlarga ko‘ra, Eron tomon ham kelishuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biz ular bilan kimlar orqali qayerda gaplashishimiz haqidagi savollarga aniqlik kiritishlarini kutmoqdamiz”, deya javob qaytargan.
Shu bilan birga, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff ham bugun, 28 mart kuni Oq uydagi jurnalistlar bilan uchrashuvda kelgusi haftada uchrashuvlar bo‘lishiga “umid qilayotgani”ni aytdi.
“Biz eronliklarga 15 bandlik kelishuv yubordik. Hozirda ulardan javob kelishini kutyapmiz va bu hammasini hal qiladi”, deydi Uitkoff.
Tramp ham kecha, 27 mart kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eron hukumatiga “imkoniyat berish” uchun elektr stansiyalariga hujumni to‘xtatganini aytdi.
“Eron yo‘q bo‘lib bormoqda. Biz hozir ular bilan gaplashyapmiz. Ular menga bitim tuzmoqchi ekanliklarini aytishdi”, deydi Oq uy rahbari.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 mart kuni AQSH delegatsiyasi va vositachilar Eron bilan yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazish masalasini muhokama qilishayotgani, agar uchrashuv tasdiqlansa, unda AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Tramp nima uchun Eronga yana vaqt bergaligini aytgan edi. Uning bildirishicha, Eron zarbalarni 7 kunga kechiktirishni so‘ragan, ammo u 10 kun muhlat bergan.
Live
Barchasi28 mart
28 mart