O‘tkir Yusupov Avstriyada operatsiya qilinadi
Sport
−
10 Oktabr 7702 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov CAFA Nations Cup musobaqasi davomi jarohat olgani va u jiddiy ekanligi haqida xabar berilgan edi. Endi Yusupov jarohatidan xalos bo‘lish uchun jarrohlik amaliyotidan o‘tishi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yusupov hozirda Avstriyaning Insbruk shahrida jarohatidan davolanmoqda. O‘FA tomonidan futbolchimizning jarrohlik amaliyoti uchun mazkur yo‘nalishda katta tajriba ega bo‘lgan jarroh, xususan, Sadio Mane, Federiko Keza, Lyuka Ernandes, Leroy Sane, David Alaba singari futbolchilar bilan ishlagan tajribali mutaxassis Fink Kristian jalb etiladi.
Ma’lumot uchun, Yusupov O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi CAFA Nations Cup-2025 final uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Ushbu jarohat tufayli darvozabon Eronga ketmagan va davolanish uchun O‘zbekistonda qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev jarohati tufayli joriy yilning 13 oktyabr kuni Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda qatnasha olmasligi xabar qilingan edi. U kecha, 9 oktyabr kuni Quvaytga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Live
Barchasi