O‘zbekiston aholisi ko‘paydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 38 mln 069,1 ming kishiga yetdi.  Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu sondan 18 mln 896,6 mingi (49,6 foiz) ayollar, 19 mln 172,5 mingi (50,4 foiz) esa erkaklarga to‘g‘ri keladi. Aholi o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paygan. Joriy yil 28 avgust 09:50 holatida esa O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million 25 kishini tashkil qilgandi.

Doimiy yashash hududi bo‘yicha shahar joylarda 19 mln 396,3 ming kishi (51 foiz), qishloq joylarda esa 18 mln 672,8 ming kishi (49 foiz) istiqomat qilmoqda.

Joriy yil davomida mamlakatda 177 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 35,4 mingta ajralish holati ro‘yxatga olingan.

Tashqi migratsiya bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning to‘qqiz oyida 1 133 kishi mamlakatga ko‘chib kelgan, 7 585 kishi esa ko‘chib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida Qozog‘iston aholisi 124,5 ming nafarga yoki 0,61 foizga ko‘paygani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston statistika aholi soni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing