O‘zbekiston AQSHga 100 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi
Jamiyat
−
07 noyabr 2025 16390 2 daqiqa
Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman”, deb yozgan Tramp.
Ma’lum qilinishicha, yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.
“Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!” deydi Tramp.
Bu kelishuv haqida Shavkat Mirziyoyev ham C5+1 sammitida so‘z ochgan edi.
“Bugun men sizga uch yillik qo‘shma investitsiya dasturini taqdim etdim, uning umumiy qiymati 34 milliard dollarni tashkil etadi. Bu – juda yirik, strategik ahamiyatga ega loyihalardir. Bu haqda biz siz bilan Nyu-Yorkda ham gaplashgan edik va bugun yana ta’kidlab o‘tdim. Shunday ekan, oldinda katta istiqbollar bor”, degan Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida AQSHga qilgan tashrifi davomida “Boeing”dan 22 ta “787 Dreamliner”ni 8 milliard dollarga sotib olinishi e’lon qilingandi. 23 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Donald Tramp uchrashgandi va o‘sha kuni O‘zbekiston va AQSH kompaniyalari o‘rtasida 105 milliard dollar miqdorida kelishuvlar amalga oshirilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025