O‘zbekiston Bolgariya bilan nimalarga kelishib oldi?
Jamiyat
−
10 iyun 4813 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgandi. Shundan so‘ng qarorgohda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Rumen Radev Prezident Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Bolgariyaga borishga taklif etdi. Bolgariya yetakchisi Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.