O‘zbekiston MTJ uchun ispaniyalik oshpaz olib kelindi
Sport
−
10 noyabr 6838 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) milliy terma jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorlash maqsadida, futbolchilarning sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini yaxshilash va umumiy tayyorgarlik sifatini oshirish uchun terma jamoa shtabiga ispaniyalik bosh oshpaz hamda professional nutritsiologni jalb qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus terma jamoa futbolchilarining to‘g‘ri ovqatlanish tartibini saqlash, energiya balansini ta’minlash va o‘yinlardagi jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishda maqsadida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirgi kunga qadar yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Timur Kapadze terma jamoadan ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi