Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
06 dekabr 2025 9390 1 daqiqa
Yakuniga yetayotgan 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi. Ro‘yxatda 27 nafar futbolchi nomi qayd etilgan. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va ortda qolgan O‘zbekiston Superligasi mavsumida yaxshi o‘yinlar o‘tqazgan futbolchilar o‘rin egallagan.
Ushbu 27 nafar futbolchilardan biri 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev O‘zbekiston Superligasida ortda qolgan mavsumning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan edi.
Live
Barchasi