O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogida “o‘lim guruhi”dan joy oldi

Sport

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2026 yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhida Koreya Respublikasi, Eron va Livan olimpiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin egalladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 

Barcha guruh ishtirokchilari ro‘yxati:

“A” guruhi:

  • Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni);
  • Vetnam;
  • Iordaniya;
  • Qirg‘iz Respublikasi.

“B” guruhi:

  • Yaponiya;
  • Qatar;
  • BAA;
  • Suriya.

“S” guruhi:

  • O‘zbekiston;
  • Koreya Respublikasi;
  • Eron;
  • Livan.

“D” guruhi:

  • Iroq;
  • Avstraliya;
  • Tailand;
  • Xitoy.

Ma’lumot uchun, musobaqa 2026 yilning 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashining “Ye” guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, 2026 yilgi musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Malayziya U-23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing