O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Jamiyat
−
20 Sentabr 6968 1 daqiqa
O‘zbekiston Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya mamlakati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Keniya Bosh vaziri hamda Tashqi ishlar va diaspora ishlari bo‘yicha vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Uchrashuv davomida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kommyunike imzolangan.
Qayd etish joiz, Keniya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 164-mamlakat sanaladi.
Ma’lumot uchun, Keniya Sharqiy Afrikada joylashgan davlat bo‘lib, poytaxti Nayrobi hisoblanadi. Uning nomi mamlakatdagi eng baland tog‘ – Keniya tog‘i nomidan olingan. Maydoni taxminan 582 ming kvadrat kilometr bo‘lib, aholisi 55 milliondan ortiq. Rasmiy tillari ingliz va svahili tillari. Keniya respublika tuzumiga ega, davlat rahbari Prezident. U 1963 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari yetakchi o‘rin tutadi, choy, qahva va gullari bilan mashhur. Shuningdek, makkajo‘xori, shakarqamish va bug‘doy ham yetishtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Sent-Lyusiya mamlakati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolangandi.
Live
Barchasi