O‘zbekiston Jahon chempionatini 5-o‘rinda yakunladi

Sport

image

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionati tugadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqani 5-pog‘onada yakunladi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov medallarga ega chiqdi.

-110 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida dunyo rekordini yangiladi. O‘zbekistonlik sportchi 196 kilogrammlik natijani qayd etdi. Jo‘rayev ikki yo‘nalish va umumiy hisob bo‘yicha jami 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 3 karra jahon chempioniga aylandi. U 2021 va 2023 yilgi turnirlarda ham g‘olib bo‘lgandi.

Ruslan Nuriddinov esa dast ko‘tarishda 186 kg bilan to‘rtinchi, siltab ko‘tarishda esa 228 kg bilan uchinchi bo‘ldi. Natijada o‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarish va umumiy hisob bo‘yicha 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston umumjamoaviy medallar jamg‘armasida bittadan oltin va bronza bilan Xitoy va Janubiy Koreya bilan birga 5-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari bu borada Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston og'ir atletika Jahon chempionati Ruslan Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing