O‘zbekiston JCH qur’asida qaysi savatchada bo‘lishi aytildi
Sport
−
25 noyabr 11982 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan o‘rin oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a savatchalari haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanaffusdan so‘ng FIFA reytingi yangilangandi. Unga ko‘ra, Misr va Eronga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi reytingda 5 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etgan.
Live
Barchasi