O‘zbekistonda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul joriy yilning 20 iyunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida;
  • 2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.

“Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Qayd etish joiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarga hujjatlarni qabul qilish boshlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Hilola Umarova 1-sinfga qabul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing