O‘zbekistonda “antikvar” avtomobillar uchun alohida raqam beriladi

Jamiyat

image
Avtomobiliga ism qo‘ygan Farrux akaga chora ko‘rildi (video) north_east

Avtomobiliga ism qo‘ygan Farrux akaga chora ko‘rildi (video)

O‘zbekistonda “antikvar” avtomobillar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etilishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ishonchli ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan. 

Qaror loyihasiga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

  • ochiq konlarda (karerlarda) ishlovchi o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobillari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
  • umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan “N3” va “O4” toifadagi yuk tashuvchi va maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karer) ishlovchi o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobillari, shuningdek, “antikvar” avtomobillar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
  • ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili mart oyida “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovini o‘tkazishi belgilanmoqda.

Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 26 sentyabr kuni boshlangan va 11 oktyabrgacha davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu qaror loyihasi asosida 2026 yilning 1 yanvaridan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat raqami antikvar” avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing