O‘zbekistonda dori va tibbiy buyumlar bozori 2,5 mlrd dollarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
05 mart 1452 1 daqiqa
O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda. Davlat rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidlagan.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushgan, korxonalar soni 300 dan oshgan, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilar.
Ishlab chiqarish hajmi 3,5 marta o‘sib, 7 trillion 300 milliard so‘mdan ortgan, mahalliy dori vositalari esa 2 karra ko‘paygan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib borgan. Farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshgan.
Umuman, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashgan.
Live
Barchasi