O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish qisqardi

Jamiyat

image

2025 yil yanvar-oktyabr oylaridagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari e’lon qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 oy davomida respublikadagi korxonalar tomonidan 865,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil mos davri bilan solishtirilganda 6,7 foizga oshgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-oktyabrda O‘zbekistonda 35,5 milliard metr kub tabiiy gaz qazib olingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil mos davridagidan 3,5 milliard metr kubga, 2024 yil 10 oyiga nisbatan 1,8 milliard metr kubga kam.

Yanvar-oktyabrda mamlakatda 974,7 tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bunda raqamlar 2023 yil mos davridagiga qaraganda 131,5 ming tonnaga, 2024 yil 10 oyiga nisbatan 118,7 tonnaga qisqargan.

Neft qazib olish hajmi 2024 yil 10 oyida 602 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yanvar-oktyabr oylarida 547,3 tonna bo‘lgan. Qisqarish – 54,7 tonna.

Hisobot davrida dizel va ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘sgani qayd etilgan. Jumladan, 10 oy ichida 978,1 tonna dizel ishlab chiqarilgan (2024 yil mos davrida 877,9 ming tonna). Ko‘mir ishlab chiqarish hajmi esa 6,5 million tonnaga yetgan (o‘tgan yil 10 oyida 6,3 million tonna).

Yanvar-oktyabr oylarida mamlakatda 69,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2024 yil mos davriga nisbatan 3,8 foizga ko‘p (66,7 milliard kVt/soat).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonliklarning o‘rtacha daromadi 21,8 mln so‘mga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz benzin yanvar'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing