O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi oshdi

Jamiyat

image

Joriy yilning oktyabr oyida ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi 3 ming donadan oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotida keltirilgan.

Oktyabrda respublikada barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 112,5 ming donaga yetdi. Bu ko‘rsatkich sentyabr oyiga nisbatan 11 foizga yuqori. Savdo faolligi barcha asosiy bozor segmentlarida oshgani qayd etildi.

Birlamchi va ikkilamchi bozorlarda yengil avtomobillar segmenti oylik 12,7 foiz o‘sishni ko‘rsatdi va 95,4 ming donani tashkil yetdi. Eng yuqori o‘sish Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda savdolar 20 foizdan ziyod oshdi. Shu bilan birga, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faollik biroz pasaygani kuzatildi.

Oktyabr oyi natijalariga ko‘ra, birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi qariyb 19 foizga oshdi, bu esa qo‘shimcha 6 ming dona avtomobil sotilganini ko‘rsatadi. Segment doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar toifasida sotuvlar 33,4 ming donaga yetdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 22 foizga o‘sdi degani.

Yangi xorijiy avtomobillar sotuvi biroz o‘sish (+1,1 foiz) bilan sentyabr oyi ko‘rsatkichlaridan oshib, 4,5 ming donani tashkil etdi.

Oktyabrda yengi avtomobillarining ikkilamchi bozorida sotuvlar sentyabr oyiga nisbatan 9 foizga oshib, 57,4 ming donani tashkil etdi.

Ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi 3 ming donadan oshib, oylik hisobda 15,2 foiz o‘sish qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

elektromobillar sotuvi ikkilamchi bozor mashina savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing