O‘zbekistonda kichik quvvatli AES qurilishining 1-bosqichi boshlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatidagi qurilish maydonchasida ITM-200N reaktori o‘rnatilgan energoblok kotlovanini qazish ishlari boshlandi. Bu haqda “Rosatom” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zatom” rahbari Azim Ahmadxo‘jayev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov ishning asosiy bosqichiga start bergan.

Birinchi bosqich Rossiya loyihasi bo‘yicha Forish tumanida qurilayotgan RITM-200N reaktori bo‘lgan ASMM energiya bloki uchun kotlovan qazishni o‘z ichiga oladi. Stansiya uchun taxminan 1,5 million kub metr tuproq qazib olinadi, chuqurlik 13 metrga yetadi.

“Bizning barcha xorijiy loyihalarimizda bo‘lgani kabi, ASMM’ni qurishda ham yuqori darajadagi mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Ishlar O‘zbekiston subpudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda,” deydi Aleksey Lixachyov.

Qayd etilishicha, “Rosatom" kamida 60 yil xizmat qiladigan stansiya quradi va uni ekspluatatsiya qilishda barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 26 sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan butunjahon atom haftaligi doirasidagi Global atom forumining yig‘ilishida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Jizzax viloyatidagi bitta maydonda ikkita katta quvvatli reaktor va ikkita kichik quvvatli reaktor qurilishi haqda ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Rosatom O'zatom AES ITM-200N ASMM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing