O‘zbekistonda NEV-avtomobillar davri: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi

Biznes

image

2025 yil 26 dekabrda ADM kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodida yangi CKD zavodi – yaqin yillarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar (New Energy Vehicles – NEV), jumladan, elektromobillar va gibrid modellarni yig‘ish amalga oshiriladigan makon qurilishiga start berildi. Ramziy vaqt kapsulasining qo‘yilishi nafaqat tantanali marosim, balki O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida yangi bosqichning boshlanish nuqtasi sifatida namoyon bo‘ldi.

Tantanali marosim zavod hududida bo‘lib o‘tdi va yangi CKD zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlandi. Mazkur zavodda to‘liq ishlab chiqarish sikli (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) bo‘yicha xalqaro brendlarning NEV-avtomobillari ishlab chiqarilishi tashkil etilib, mahalliylashtirish darajasini oshirish, zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish va ADM Jizzakh’ning mamlakat avtomobil sanoatining asosiy markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Marosimda ADM kompaniyalar guruhi rahbariyati, korxona vakillari, shuningdek, mehmonlar va loyiha hamkorlari ishtirok etdi. ADM  bosh direktori Daniyar Davletiyarov o‘z tabriklari bilan so‘zga chiqdi.

“ADM  Jizzakh yangi CKD zavodining qurilishi bizning ishlab chiqarishimiz va butun mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirishda muhim qadamdir. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalarga sarmoya kiritmoqdamiz, mahalliy yig‘ishni kengaytirmoqdamiz va yangi avlod avtomobillari – elektromobillar va gibridlar yo‘nalishini rivojlantirmoqdamiz. Ushbu loyiha bizning uzoq muddatli istiqbolimizni va O‘zbekiston avtomobil bozori salohiyatiga bo‘lgan ishonchimizni aks ettiradi”, deydi bosh direktor.

Yangi CKD zavodi ADM ishlab chiqarish klasterining bir qismi bo‘lib, elektromobillarni mayda uzelli yig‘ish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va mahsulotlarning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi.

ADM mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalar va o‘z industrial bazasiga urg‘u bergan holda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirmoqda. Vaqt kapsulasining qo‘yilishi zavod nafaqat bugungi kun, balki butun sanoat istiqboli uchun faoliyat yuritayotganini yana bir bor eslatdi.

Instagram I Facebook I YouTube I X I LinkedIn

Telegram I Instagram I Facebook I YouTube

Sayt I Email

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

ADM CKD zavodi NEV-avtomobillar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing