Yangi Kia Sportage: qulaylik, texnologiya va xavfsizlikning yangi bosqichi
Biznes
−
22 yanvar 4908 6 daqiqa
2026 yil 10 yanvarda Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM kompaniyalar guruhi Kia Sportage’ning yangi versiyasini ishga tushirganini e’lon qildi. Krossover interer va ekstererda o‘zgarishlarga ega bo‘ldi va yuqori texnologiyali xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlarining kengaytirilgan to‘plami bilan jihozlana boshladi.
Birinchi marta 1993 yilda taqdim etilgan Kia Sportage jahon avtomobil sanoati tarixida sezilarli iz qoldirdi. Butun vaqt davomida 7 milliondan ortiq dona sotilgan, model beshta avlodni yangilagan. So‘nggi yangilanish krossoverni brendning yangi dizayn falsafasiga – “Qarama-qarshiliklar birligi”ga yanada ko‘proq moslashtirdi. Zamonaviy ko‘rinish va takomillashtirilgan jihozlar Sportage’ning o‘z segmenti yetakchilaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.
Eksteryer
Yangi Sportage gabarit o‘lchamlari 4 685 × 1 865 × 1 660-1 680 mm (uzunligi × kengligi × balandligi – versiyasi va tom qismidagi reylinglar mavjudligiga qarab).

Yangi Sportage’ning old va orqa yoritish uskunalari “Yulduzlar xaritasi” uslubida ishlab chiqilgan bo‘lib, krossoverga zamonaviy va ifodali ko‘rinish beradi. Yangi 3D tasvirli radiator panjarasi va vertikal LED faralar dinamik va yuqori texnologiyali qiyofani shakllantiradi, shuningdek, kunduzi ham, kechasi ham mukammal ko‘rinishni ta’minlaydi.
Yangi Sportage uchun diametri 17 dan 19 dyuymgacha bo‘lgan (komplektatsiyaga qarab) bir nechta dizayn variantlari bilan yengil qotishmali disklar mavjud bo‘lib, bu avtomobilning uslubi va xarakterining optimal uyg‘unligini tanlash imkonini beradi.

Yana ham agressiv va ifodali obrazni afzal ko‘radiganlar uchun X-Line versiyasi ko‘zda tutilgan. Mazkur versiya eksklyuziv dizayn elementlari, jumladan, qora rangdagi Kia logotiplari, shuningdek, original tasvirli 19 dyuymli qora yengil qotishma disklari bilan ajralib turadi.
Interyer
Yangi Kia Sportage saloni zamonaviy uslubda bo‘lib, yaqqol gorizontal zonalarga ajratilgan. Old panel haydovchiga yo‘naltirilgan, panoramali bukilgan ekran esa 12,3" raqamli qurilmalar paneli va multimedia tizimining 12,3" displeyini birlashtirib, to‘liq vizual sho‘ng‘ish effektini yaratadi. Bazaviy versiyada 4,2" rangli displeyli Supervision qurilma paneli o‘rnatilgan.

To‘g‘in sektorlari kesilgan ikki spitsali rul chambaragi intererga sport va nafis ko‘rinish beradi. Barcha boshqaruv organlari ergonomik joylashtirilgan va foydalanish uchun tushunarli.
Markaziy konsol va eshik panellarining yog‘och teksturasi va «metallga o‘xshash» elementlar bilan bezatilishi intererning premium toifadagi xususiyatini ko‘rsatib, estetikani amalda qo‘llash bilan uyg‘unlashtiradi. Salondagi LED yoritgichi yoqimli muhitni yaratadi. Tovush o‘tkazmaydigan old oyna shovqin darajasini samarali pasaytirib, safarda qulaylikni oshiradi.
Old o‘rindiqlar isitilish va ventilyatsiyalanish, orqa o‘rindiqlar esa isitilish funksiyasi bilan jihozlanishi mumkin. Ikkinchi qatorda o‘tirgan yo‘lovchilar uchun old bosh suyanchiqlarida kiyim ilgichlar va o‘rindiq suyanchig‘ida qulay cho‘ntaklar mavjud.
Oyoq va bosh ustidagi rekord darajadagi kenglik tufayli o‘rindiqlarning ikkinchi qatori o‘z turkumidagi eng keng o‘rindiqlaridan biri bo‘lib, bu, ayniqsa, bolali oilalar va uzoq sayohat ixlosmandlariga manzur bo‘ladi.

Orqa o‘rindiqlarning konstruksiyasi nafaqat orqa suyanchiqlarni taxlash, balki o‘rindiqlarning o‘zini ham pastga tushirish imkonini beradi, bu esa maksimal qulay bo‘lgan yukxona maydonini hosil qiladi. Yukxona eshigi intellektual boshqaruv va ochilish yuqoriligi xotirasiga ega elektr yuritma bilan jihozlanishi mumkin.
Qo‘shimcha qulaylikni haydovchi o‘rindig‘ining joylashuv xotirasi, oldingi yo‘lovchi o‘rindig‘ini haydovchi o‘rindig‘idan yoki ikkinchi qatordan sozlash imkoniyati, mobil qurilmalarni simsiz quvvatlash tizimi, to‘rtta USB Type-C ulagichlari, shuningdek, stakan qo‘ygichlarni joylashtirish imkoniyatiga ega markaziy konsoldagi sig‘imli bo‘lim bilan ta’minlanadi.
X-Line versiyasi uchun qora zamshli shift qoplamasi, intererning qora varianti va asl hisoblangan ikki rangli rul chambaragi mavjud.
Dvigatellar va uzatmalar qutisi
O‘zbekistonda yangi Kia Sportage ikki xil benzinli kuch agregati bilan taklif etilmoqda:
- 2.0 MPI (156 ot kuchi 6 200 ayl/min da, 192 N·m 4 500 ayl/min da) – tejamkorlik va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun eng maqbul tanlov. Mazkur agregat 6 pog‘onali avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan agregatlanadi.
- 2.5 GDI (190 ot kuchi 6 100 ayl/min da, 242 N·m 4 000 ayl/min da) – yuqori dinamika va samaradorlik bilan ajralib turadi. Ushbu dvigatel yangilangan 8 pog‘onali avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan ishlaydi.
Yangilash jarayonida muhandislar harakatlanish sifat ko‘rsatkichlari va qulayligiga alohida e’tibor qaratdilar: osma tizim modernizatsiya qilindi va qo‘shimcha izolyatsiya materiallari hisobiga salonning shovqin izolyatsiyasi yaxshilandi.
Xavfsizlik
Barcha Kia avtomobillari singari, yangi Sportage ham xavfsizlikka e’tibor qaratmoqda. Yon tomondan zarba berishda yuqori va o‘ta yuqori mustahkam po‘latlar, shuningdek, issiq shtamplash elementlarini qo‘llash hisobiga himoyaning yaxshilanishiga erishilmoqda. Oltita xavfsizlik yostiqchasi (old, yon va pardalar) yo‘lovchilarni to‘qnashuvlarda ishonchli himoya qiladi.
Yon tomondan shamol esganda barqarorlashtirish tizimi avtomobilni yuqori tezlikda harakatlanayotganda polosa ichida ushlab turishga yordam beradi.
Sportage intellektual kruiz nazorati (SCC), frontal to‘qnashuvning oldini olish tizimi (FCA 2), yo‘l qismidan chiqib ketishning oldini olish ikkinchi avlod tizimi (LKA2), yo‘l qismida harakatlanish yordamchisi (LFA), ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish tizimlari (BCA), orqa tomonga harakatlanishda to‘qnashuvlarning oldini olish (RCCA, PCA-R), avtomobildan xavfsiz chiqish tizimi (SEW) va boshqa funksiyalarni o‘z ichiga olgan kengaytirilgan faol xavfsizlik tizimlari majmuasi bilan jihozlanishi mumkin. Rulda qo‘llar mavjudligini nazorat qilish tizimi (HoD) rul chambaragini tebratish orqali haydovchini potensial xavfli vaziyatlar va diqqatni jamlashning pasayganligi haqida ogohlantiradi.
Yangi raqamli imkoniyatlar
Yangilangan multimedia kengaytirilgan funksional va yangi raqamli yechimlarga ega bo‘ldi. HUD proyeksiyali displeyi asosiy ma’lumotlarni old oynada namoyish etib, haydovchiga yo‘ldan chalg‘imaslik imkonini beradi.
Tovushni raqamli qayta ishlashga ega premium toifadagi Harman/Kardon audio tizimi yuqori sifatli va yorqin ovozni taqdim etadi.
Komplektlar, ranglar va kafolat
Yangi Kia Sportage sakkizta kuzov rangida va komplektatsiyasiga qarab ikki xil ko‘rinishda taqdim etiladi. Rang palitrasiga ikki yangi rang qo‘shildi: Wolf Gray va Heritage Blue.
Modelga Kia kompaniyasining 5 yillik yoki 150 000 km yo‘l bosish (qaysi biri oldin kelishiga qarab) kafolati amal qiladi.
Kia Sportage beshta komplektatsiyada taqdim etilgan:
- Luxe – 454 900 000 so‘m;
- Prestige – 499 900 000 so‘m;
- Style – 549 900 000 so‘m;
- Plus – 584 900 000 so‘m;
- X-Line – 619 900 000 so‘m.

Komplektatsiyalar va narxlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni kia.uz saytidan yoki brendning rasmiy dilerlik markazlaridan olishingiz mumkin.
Telefon: +998555008333
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi