O‘zbekistonda pensiyani Face-ID bilan berish boshlandi
Jamiyat
−
06 Oktabr 6133 1 daqiqa
O‘zbekistonda fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd shaklda pensiyalarni to‘lash jarayonlari boshlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning oktyabr oyidan boshlab hududlarda pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirilishi boshlandi.
Pensiya jamg‘armasi ushbu tizimni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad pensiyalarni fuqarolarga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazish ekanini qayd etgan.
“Endilikda to‘lov jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda “to‘landi” deb hisobot berilib, amalda fuqaroga to‘lanmaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlari oldi olinadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” qonunning 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashitirilayotganini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr