O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshdi

Jamiyat

image

2026 yil I choragida O‘zbekiston hududida o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltiriladi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Respublika bo‘yicha eng ko‘p oylik to‘lanadigan hudud bo‘lib qolgan. O‘rtacha hisobda poytaxtda 11,7 million so‘m oylik olinmoqda. Keyingi o‘rinni 8,45 million so‘m bilan Navoiy viloyati egallagan.

Eng past maosh Qashqadaryo viloyatida to‘lanmoqda, ya’ni 4,66 million so‘m.

O‘zbekistonda eng ko‘p oylik bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohalariga berilgan. Bu tahminan 18,6 million so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida to‘langan. U 3,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar xodimlari 4,11 million so‘m, ta’lim vakillari 4,61 million so‘m oylik olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 6 mln 376 ming so‘mni tashkil qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston statistika o'rtacha oylik ish haqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing