O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta mashina noqonuniy olib o‘tildi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 59 ta avtomobilni Tojikiston hududiga olib o‘tgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar, Toshkent va Namangan viloyatlari Bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtotransport vositalarini Tojikistonga olib o‘tish va noqonuniy sotib yuborish holati bilan shug‘ulanuvchi 8 nafar shaxs fosh etilgan. 

Ular BYD, Volkswagen, Kaiyi X3, Honda, Geometry, FAW ID 4 va boshqa rusumlardagi 59 ta avtotransport vositasini har birini 100-200 AQSH dollari evaziga Tojikistonga o‘tkazib bergan. Aniqlanishicha, mazkur avtotransport vositalarining barchasi qo‘shni davlatda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov organiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritgan va past foizda avtomashina yetkazib berishni va’da qilib, fuqarolardan kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgan shaxslar ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing