O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?

Bu qiziq

image

2025 yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur davrda O‘zbekistonga jami 200 ta davlatdan turistlar tashrifi qayd etilgan.

Shundan:         

  • erkaklar – 6 404 283 nafar;
  • ayollar – 5 275 345 nafar.

Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • 0-18 yosh – 1 479 729 nafar;
  • 19-30 yosh – 1 924 358 nafar;
  • 31-55 yosh – 5 923 793 nafar;
  • 56 yosh va undan kattalar – 2 351 748 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030 yilgacha O‘zbekistonga keladigan yillik turistlar oqimini 2 karra oshirib, 20 millionga yetkazish reja qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

turist sayyoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing