O‘zbekistonga yil boshidan beri qancha sayyoh kelgani aytildi
Jamiyat
−
24 mart 3601 1 daqiqa
O‘zbekistonga 2026 yil yanvar-fevral oylarida qariyb 1 mln 770 ming chet ellik sayyoh keldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mehmonlar soni 441 mingga oshgan. Sayyohlarning asosiy oqimi an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlarga to‘gri kelgan. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston 521 mingdan ortiq kishi bilan yetakchilik qilgan. Undan keyin Tojikiston (469 ming nafar) va Qozog‘iston (386 ming nafar) ikkinchi va uchuinchi o‘rinda kelgan.
Sayyohlar soni bo‘yicha ilk o‘nta mamlakat qatoriga Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) va Janubiy Koreya (5 ming) kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil aprel-iyun oylari “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” deb e’lon qilinishi xabar qilingandi. Unga binoan ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.
Live
Barchasi