O‘zbekistonlik atlet Osiyo rekordini yangiladi

Sport

image

Hindistonning Nyu-Dehli shahri mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Navro‘za Axmatova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempionati sovrindorlari qatoridan o‘rin oldi.

Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navro‘za Axmatova o‘z urinishlari doirasida 28,83 metr natija qayd etib, Osiyo qit’asi rekordini yangiladi. Bu natija Navro‘zaga musobaqaning bronza medalini taqdim etdi.

Ayollar o‘rtasida disk uloqtirish dasturi (F41):

  • Oltin medal: Raua Tlili (Tunis) – 33,81 metr;
  • Kumush medal: Estefani Xisela Lopes (Ekvador) – 29,81 metr;
  • Bronza medal: Navro‘za Axmatova (O‘zbekiston) – 28,83 metr (Osiyo rekordi).

Ma’lumot uchun, Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasining medallari soni 9 taga yetdi.

  • 3 ta oltin;
  • 4 ta kumush;
  • 2 ta bronza.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayollar o‘rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli Karomat Omonova 13,07 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab, jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, F32 toifasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Jasur Xo‘jayev o‘z urinishlari davomida 9,96 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston rekord N'yu-Dehli para engil atletika Navro'za Axmatova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing