O‘zbekistonlik furachilarning Rossiyada vizasiz qolish muddati uzaytirilishi mumkin
Jamiyat
−
20 yanvar 5568 1 daqiqa
O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari uchun Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Botirjon Asadov joriy yilning 17 yanvar kuni elchilar va tadbirkorlar ucharshuvida ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlardan biri O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida vizasiz 90 kun yashash, ya’ni bo‘lish huquqiga ega ekani va shu muddatni yuk mashinasi haydovchilari juda tez tugatib qo‘yayotganini aytgan. Uning bildirishicha, muddati tugab qolgan haydovchilar Rossiyaga kira olmayapti yoki ushbu mamlakat hududidagilar deportatsiya qilinmoqda.
Shuning uchun tadbirkor mana shu muddatni 90 kundan 180 kunga, ya’ni 3 oydan 6 oyga fura haydovchilari uchun uzaytirib berishini so‘ragan.
Botirjon Asadovning aytishicha, bu borada Rossiya hukumati tomonidan Ichki ishlar vazirligiga topshiriq bergan. Ayni damda yuqorida aytilgan 90 kun muddatni 180 kunga uzaytirish tartibi ishlab chiqilmoqda. Biroq talab qilinadigan hujjatlar bo‘yicha o‘zgartirish kiritilmoqda. Fura haydovchilari uchun yangi tartib joriy yilda kuchga kirishi kutilmoqda.
Live
Barchasi