O‘zbekistonliklar Erondan Moskvaga evakuatsiya qilindi

Olam

image

6 aprel kuni Armaniston poytaxtidan Moskvaga maxsus reys bilan Erondan evakuatsiya qilingan 200 kishi, jumladan, Belarus, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS Rossiyaning Armanistondagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilovga tayanib xabar berdi. 

“Norduz – Agarak” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tilgan paytdan boshlab barcha ishlar juda yuqori darajada tashkil etildi. Rossiya fuqarolarini Erondan evakuatsiya qilish jarayonida bizga mana shunday samarali yordamni birinchi marta ko‘rsatmayotgan Armaniston tomoniga buning uchun minnatdorchiligimizni yana bir bor bildiraman”, degan Danilov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu galgi evakuatsiya “Busher” atom stansiyasidan amalga oshirilgan. Evakuatsiya qilinganlar guruhida 175 nafar Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, ular orasida boshqa davlatlar, xususan O‘zbekiston, Tojikiston va Belarus fuqarolari ham bo‘lgan. 6 aprel kuni Yerevan – Moskva reysida jami 200 kishi uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi urush fonida joriy yil 28 fevraldan buyon ushbu mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 32 934 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing