O‘zbekistonliklar yiliga o‘rtacha qancha alkogol iste’mol qilishi aytildi
Bu qiziq
−
19 yanvar 6313 1 daqiqa
O‘zbekiston dunyoda spirtli ichimliklar eng kam iste’mol qilinadigan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 2,1 litr spirtli ichimlik to‘g‘ri keladi. Bu haqda “World Population Review” analitik platformasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari spirtli ichimliklarni dunyoning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha kam iste’mol qiladi. Xususan, Qozog‘istonda aholi jon boshiga yillik iste’mol 5,4 litrni, Qirg‘izistonda 3,9 litrni, Turkmanistonda 3 litrni, Tojikistonda esa 0,7 litrni tashkil etadi.
Spirtli ichimliklar eng ko‘p iste’mol qilinadigan hududlar sifatida Ruminiya – aholi jon boshiga yillik iste’mol 17,1 litr, Gruziya – 15,5 litr, Latviya – 15 litr, Moldova – 14,1 litr va Chexiya – 13,7 litr keltirilgan.
MDH mamlakatlari orasida esa spirtli ichimliklar iste’moli eng yuqori bo‘lgan davlatlar sifatida Belarus (11,4 litr) va Rossiya (yiliga bir kishiga 10,5 litr) o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston pasporti jahon reytingida 5 pog‘ona ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.