O‘zbekistonliklarni xavotirga qo‘ygan mushuk topildi
Jamiyat
−
13 Oktabr 37392 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaning mushugi yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgan edi. Uning oilasiga tegishli bo‘lgan mushuk topildi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Instagramʼdagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Mushugimiz topildi. U endi uyda va men nihoyat xotirjam bo‘ldim”, deya yozgan Mirziyoyeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mushuk 11 oktyabrdan beri tinimsiz izlab chiqilgan.
“Mo‘jiza ro‘y berdi. O‘zbekistonning barcha befarq bo‘lmagan fuqarolariga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Atrofimizda shunchalik yaxshilik, mehr va insoniylik borligini his qildim! Sizlar e’lonni tarqatib, iliq so‘zlar bilan qo‘llab-quvvatladingiz, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdingiz, qo‘ng‘iroq qildingiz va yordam qo‘lini cho‘zdingiz. Har bir xabar, har bir repost ahamiyatsiz qolmadi. Sizning mehr va g‘amxo‘rligingiz tufayli sevimli mushugimiz yana uyimizda”, deya xursandchilik bilan post qoldirgan Mirziyoyeva.
Mirziyoyevaga ko‘ra, mushuk izlash ortidan ko‘plab yaxshi insonlar birlashgan, yordam qo‘lini cho‘zgan.
“Bunday damlarda atrofimizda qanchadan-qancha mehribon va samimiy insonlar borligini yana bir bor his etdim. Hammangizga katta rahmat. Kichik do‘stlaringizni asrang. Biz ularni qo‘lga o‘rgatganmiz va ular uchun javobgarmiz”, deya o‘z postini yakunlagan Shahnoza Mirziyoyeva.
Live
Barchasi