O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
31 Oktabr 88996 1 daqiqa
Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, poytaxtda ham shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Chang ko‘tarilishi mumkin.
“Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
O‘zgidrometning ta’kidlashicha, bunday ob-havoda fuqarolar ochiq havodagi faoliyatini qisqartirishi, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi kerak.