“O‘zingni jahannamga yuboramiz”. Eron Trampga keskin javob berdi
Olam
−
05 aprel 15423 2 daqiqa
Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron 48 soat ichida Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, “butun jahannamni boshiga tushirishini” va’da qilgandi. Tehron esa bu talabni rad etib, AQSH Prezidentining o‘zini “jahannam qa’riga yuborish” bilan tahdid qildi.
Eron hukumati AQSH ultimatumining muddati ikki kun ichida tugashini eslatgan Trampning bayonotini keskin rad etdi. Bu pozitsiya kecha, 4 aprel, shanba kuni kechqurun bir nechta eronlik yuqori lavozimli rahbarlar tomonidan bildirilgan.
Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgan.
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi – aynan sizlar doimo munosib bo‘lgan joyga”, degan Eron vakili.
Qayd etish joiz, 4 aprel kuni Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘z ultimatumini yana bir bor eslatdi. Uning aytishicha, Tehron keyingi 48 soat ichida (ya’ni, 6 aprel) Vashington bilan “kelishuvga erishishi” yoki Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani olib tashlashi kerak. Aks holda, Eron ustiga “butun jahannam yog‘iladi”, deya ogohlantirgan respublikachi siyosatchi.
22 martga o‘tar kechasi ham AQSH Prezidenti Tehronga 48 soatlik ultimatum qo‘ygan edi. O‘shanda ham Tramp Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani bekor qilishni talab qilib, aks holda AQSH harbiylari Eron energetika ob’ektlariga zarba berishini bildirgan. Keyinchalik esa Tramp Eron bilan muzokaralarga ishora qilib, ultimatum muddatini bir necha bor surgan.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may