Vetnamni yana sel bosdi. Qurbonlar bor

Olam

image

2025 yilning 15-16 noyabr kunlari markaziy Vetnamda yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel va yer silkinishlari kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 noyabr kechasidan boshlab markaziy Vetnamning bir necha hududlarida yog‘ingarchilik 1,100 mm dan oshgan. Ushbu hudud mamlakatning asosiy qahva yetishtiriladigan zonasiga va eng mashhur plyajlarga ega bo‘lsa-da, bo‘ron va sel xavfi yuqori bo‘lgan mintaqa hisoblanadi.

Hukumat hisobotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar qatorida 16 noyabr kuni Dalatdan Nha Nya Trangga yo‘l olgan avtobus yo‘lovchilaridan 6 kishi yer silkinishi sabab halok bo‘lgan. Hozirda 7 kishi hanuzgacha yo‘qolgan.

“Dak Lak viloyatidagi pasttekis hududlarda joylashgan ba’zi qahva fermalari suv ostida qolgan”, deydi viloyatdagi qahva savdogarlaridan biri.

Boshqa Dak Lakdagi savdogar esa yog‘ingarchilik davom etayotganini, bu esa hosil yig‘im-terimini sekinlashtirayotganini aytdi.

“Viloyatdagi dehqonlar hozirgacha donning 10–15 foizini terib olishgan va ularni quritish uchun quyosh nuri kerak”, deydi savdogar.

Davlat ommaviy axborot vositalari 19 noyabrda e’lon qilgan fotosuratlarda markaziy Vetnamning bir necha qishloqlaridagi uylar tomigacha suv ostida qolgani aks etgan. Yuzlab oilalar suv bosgan uylaridan tunda evakuatsiya qilingan. Yaqin atrofdagi Zya Lay viloyatida maktablar ham yopilgan.

Milliy ob-havo agentligi 19 noyabrda yana sel va yer silkinishi xavfi borligini, yog‘ingarchilik mintaqada davom etishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamda 2025 yilning noyabr oyi boshlarida kuzatilgan kuchli toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam Dalatdan Nha N'ya Trang Z'ya Lay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing