Vazir o‘rinbosari FVBga boshliq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Xurshid Norqozoqovich Aliboyev Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xurshid Aliboyev 1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan. Qolaversa, u Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar u Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2022 yildan beri favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlab kelgan general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun ishdan olingandi

Uning o‘rniga Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Qolaversa, Prezidentning farmoni bilan unga general-mayor unvoni ham berildi.

Keyinchalik, Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev FVV rahbari o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi , Nuriddin Bahriddinovich Qodirov esa FVV rahbarining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodda vaziyatlar Xurshid Aliboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing