Venesuela hukumati amerikalik mahbuslarni ozod qilmoqda

Olam

image

Venesuelaning muvaqqat hukumati Prezident Nikolas Maduro hokimiyatdan chetlatilib, Delsi Rodriges vaqtincha rahbar etib tayinlaganidan keyin kamida 4 nafar AQSH fuqarosini va o‘nlab mahbuslarni ozod qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.  

Masalaga yaqin manbaning nashrga ma’lum qilishicha, AQSH fuqarolarining ozod qilinishi Nikolas Maduroning hokimiyatdan chetlatilganidan so‘ng birinchisi bo‘lib Delsi Rodriges boshchiligidagi muvaqqat hukumat o‘nlab siyosiy mahbuslarni ozod qila boshlagan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. 

AQSH Davlat departamenti kecha, 13 yanvar kuni muvaqqat hukumatning ushbu harakatlarini olqishlagan. 

“Venesuelada hibsda bo‘lgan amerikaliklarning ozod etilishini olqishlaymiz. Bu muvaqqat hokimiyat tomonidan to‘g‘ri yo‘ldagi muhim qadamdir”, degan departamenti vakili. 

Davlat departamentining yuqori lavozimli rasmiysiga ko‘ra, departament a’zosi guruhi ozod etish jarayoniga yordam berish uchun Venesuelaga borgan. 

Bungacha CNN so‘nggi oylarda Venesuelada kamida besh nafar AQSH fuqarosi hibsga olingani haqida xabar bergan. Maduro hukumati davrida AQSH fuqarolarini AQSH hukumatiga siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida ushlab turish amaliyoti uzoq yillar davom etgan. 

Xabarda aytilishicha, Tramp ma’muriyati Venesuelada barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirib kelmoqda. Bu muvaqqat hukumatga qo‘yilgan bir qator talablardan biri bo‘lib, ma’muriyat iqtisodiy va harbiy bosim vositalari orqali Delsi Rodriges va uning hukumatini hamkorlikka majbur qila olishini ta’kidlagan. 

O‘tgan hafta Venesuela hukumati bir qator taniqli mahbuslarni, jumladan, muxolifat siyosatchilarini ozod eta boshlagan. Hukumat bu qadamni “tinchlikka erishish yo‘lidagi ishora” deb atagan. Biroq ozod etish jarayoni ko‘pchilik kutganidan ancha sekin kechmoqda. 

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Penal Forum tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, siyosiy sabablarga ko‘ra noqonuniy hibsda saqlanayotgan 800 dan ortiq odamdan 12 yanvarga qadar atigi 56 nafari ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH yetakchisi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga o‘zining rasmiy portreti va uning lavozimi yoziladigan pastki qismiga “Venesuelaning muvaqqat prezidenti” degan yozuv tushirilgan postni hazil tariqasida joylagandi.    


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Delsi Rodriges amerikalik mahbuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing