Venesuelada hammayoq tinch – Ichki ishlar vaziri

Olam

image

Venesueladagi vaziyat AQSH hujumidan keyin tinchligicha qolmoqda va rasmiylar yetkazilgan zararni baholamoqda. Bu haqda mamlakatning fuqarolik xavfsizligi bo‘yicha vitse-prezidenti va Ichki ishlar, adliya va tinchlik vaziri Diosdado Kabelo.  

“Ichki vaziyatga kelsak, mamlakat mutlaqo tinch. Ular bombalar bilan xohlagan narsalariga qisman erishdilar.  Men qisman aytaman,  chunki ular odamlarning qo‘rqoqlik bilan ko‘chalarga chiqib, tartibsizliklarga berilishini kutishgan, ammo qo‘rqoqlar o‘tmishda qoldi”, deydi u “Telesur” telekanali tomonidan efirga uzatilgan bayonotda.  

Videobayonotda Kabelo tashqarida o‘q o‘tkazmaydigan nimcha kiygan holda, harbiy va fuqarolik xodimlari bilan o‘ralgan holda turibdi.   

“Biz xalqimizga qarshi ushbu jinoyatchi, terroristik hujum oqibatida yetkazilgan zararni baholaganimizdan so‘ng Karakasda turibmiz”, deydi Kabelo.  

U qurbonlar yoki zarar yetgan inshootlar sonini ma’lum qilmagan. 

Ichki ishlar vaziri shuningdek,  fuqarolarni eng yuqori siyosiy va harbiy rahbariyatga ishonishga chaqirgan.

“Biz bosqinchi dushman uchun ishlarni osonlashtirmasligimiz kerak”, deydi u.  

Venesuela ijrochi vitse-prezidenti Delsi Rodriges esa “Telesur” telekanali efirida mamlakat fuqarolarini suverenitet va tabiiy resurslarni himoya qilish uchun safarbarlikka chaqirdi. 

“Venesuela xalqi to‘liq milliy birlik sharoitida o‘z tabiiy resurslarini himoya qilish uchun safarbar bo‘lishi kerak. Ammo, u mamlakat ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng muqaddas narsani - mustaqillik huquqini, kelajak huquqini, hech qanday tashqi buyruqsiz, bizni hech kimning mustamlakasiga aylantirmasdan erkin vatanga ega bo‘lish huquqini himoya qilish uchun ham safarbar etilishi kerak”, deydi ijrochi vitse-prezident.
 

AQSHning Venesuelaga hujumi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘lgani, шаҳар­нинг bir qismi elektr energiyasiz qolgani haqida xabar berilgan edi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.

Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Bundan oldin AQSH zarbalaridan keyin Nikolas Maduroning qayerdaligi noma’lumligi, biroq uning eng yaqin atrofidagilarning ayrimlari xavfsiz joyda ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Rossiya AQSHning Venesuealaga qilgan hujumini qoraladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolas Maduro Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing