Shavkat Mirziyoyev bugun AQSHda kimlar bilan uchrashishi e’lon qilindi
Jamiyat
−
00:38 565 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashington shahriga amaliy tashrifining bugungi dasturi muzokaralarga boy bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari AQSH Savdo vaziri Xovard Latnik, AQSH Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, AQSH biznes doiralari vakillari bilan strategik rejalardan aniq loyihalarni amalga oshirishga o‘tishga qaratilgan yangi formatdagi davra suhbati hamda O‘zbekiston–AQSH hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
“Ishbilarmonlik tadbirlari yakunlari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, aniq qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi”, deyiladi xabarda.