Vens va Netanyaxu Eron urushi sababli urushib ketdi
Olam
−
28 mart 13218 2 daqiqa
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bahsli telefon suhbatini o‘tkazdi. Bu haqda Isroilning “Kasho” telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, taranglik shundan kelib chiqqan: Vens Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga intilayotgan bo‘lsa, Bosh vazir esa Eron rejimini butunlay yo‘q qilish tarafdori.
Vitse-prezident AQSH armiyasining mamlakat tashqarisidagi mojarolarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlamasligi bilan tanilgan. Urush boshlanishidan oz vaqt oldin u “The Washington Post” gazetasiga intervyu berib, AQSH “o‘tgan xatolarni takrorlamasligi” kerakligini aytgan. Amerikaning ayrim manbalariga ko‘ra, u urush boshlanishiga faqat “tez va kuchli zarba berish” sharti bilan rozi bo‘lgan.
Ammo Oq uy umidlaridan farqli o‘laroq, Eron rejimi yetarlicha qarshilik ko‘rsatmoqda – hatto yetakchilarining katta qismi halok bo‘lishiga qaramay, AQSH Yaqin Sharqda yangi urushga botib qolgan ko‘rinadi. Vens Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda Isroil boshqaruvining urush haqidagi qarashlarining ob’ektivligiga shubha bildirgan. Vens, ayniqsa, Netanyaxuning “xalq isyoni rejimni ag‘daradi” degan taxminlarini haddan tashqari optimistik, deb atagan.
Shu bilan birga, Vens BAA va Qatar delegatsiyalari bilan ham muzokaralar olib borgan. Xabar berilishicha, u Eron bilan bilvosita muzokaralarda ham ishtirok etgan. Bu tashabbus Eronga Tramp ma’muriyati urushni iloji boricha tezroq yakunlashni xohlashini ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan AQSH Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar doirasida Turkiya bilan aloqalarni muvofiqlashtirayotgani haqida aytgandi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart