Viloyat hokimi dahshatli avtohalokat qurboni bo‘ldi
Olam
−
18 iyun 40785 1 daqiqa
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati rahbari Alisher Mirzonabot yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Mashinada u bilan birga yordamchisi, shuningdek, rafiqasi va voyaga yetmagan farzandi ham bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, halokat joriy yilning 17 iyun kuni soat 10:40 da Dushanbe – Xorug‘ avtoyo‘lining 282-kilometrida yuz bergan. Xizmatdagi Land Cruiser 200 avtomobili haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va muhandislik inshootlariga borib urilib, ustunlar hamda to‘siqlarni urib ketgan.
Shundan so‘ng mashina Panj daryosiga ag‘darilgan. Voqea joyidan faqat avtomobil raqami va uning ayrim bo‘laklari topilgan.
Mamlakat Prezidenti Imomali Rahmonning topshirig‘iga binoan voqea joyiga Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi va Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi yetib borgan. Tergov harakatlari davlat rahbarining shaxsiy nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda Konstitutsiyaviy sud sudyasi Jamshid Jamshidzoda to‘qqizinchi qavatdan yiqilishi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi