Volgogradda o‘zbekistonlik migrantlar o‘rdakcha yurishga majburlandi
Olam
−
24 fevral 15615 2 daqiqa
Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida 34 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududida noqonuniy yashagani aniqlandi. Ular kuch ishlatar tizim xodimlari tomonidan o‘rdakcha yurishga majburlandi. Bu haqda “Bloknot” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni Ilovlinskiy tumanida politsiya xodimlari issiqxona xo‘jaliklarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazgan. Biroq barcha xorijlik ishchilar mamlakatda bo‘lish qoidalariga amal qilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, bunga 56 yoshli fermer xo‘jaligi rahbari ko‘maklashgan. Xususan, o‘zbekistonlik migrantlar ro‘yxatga qo‘yilgan, ularga ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha yashash joyi taqdim etilgan, ammo amalda ular hujjatda ko‘rsatilgan hududda emas, issiqxonalar yonida yashagani aniqlangan.
Volgograd viloyati bo‘yicha Rossiya Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Mahalliy fuqaro aybiga iqror bo‘lgan. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi – “Xorijiy fuqaroni Rossiya Federatsiyasida turarjoy bo‘yicha soxta ro‘yxatga qo‘yish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Endilikda fermerga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid qilmoqda.
Bosh boshqarma e’lon qilgan suratlarda inson huquqlari buzilib, migrantlarga nisbatan “o‘rdak yurish” amaliyoti qo‘llanganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuni Rossiyada Samarqanddan bo‘lgan mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan amalga oshirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi