Voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkaga qamaladi
3-sahifa
−
23 Oktabr 2024 8204 2 daqiqa
Voyaga yetgan kvadroberlarga 15 sutkagacha qamoqqa olish jazosi tayinlanishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti ogohlantirdi.
Avvalroq, Toshkent shahrida hayvonlar qiyofasida niqoblarni taqib olgan kvadroberlar paydo bo‘lgani haqida xabar qilgan edik. Xususan, joriy yilning 10 oktyabr kuni Toshkent shahrida hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan “kvadrober” uchratilgan, 11 oktyabrda esa yana bir “kvadrober” itga taqlid qilgan holda yo‘lovchilarga hujum qilgan, voqeaga guvoh bo‘lgan bola esa qattiq qo‘rqib ketgan.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1 million 875 mi so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi”, deyilgan IIV xabarida.
Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur harakatlar bilan fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzish , fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorlik) BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi